Moki
Moki — 1) tikuv mashinasi asosiy kismlardan biri — maxsus moslama. Chok tikilayotgan paytda tikuv mashina- si ignasi hosil qiladigan ustki ip iz- masiga pastki ipni o’tkazib beradi; 2) to’quv dastgohisa tanda iplari orasi- dan arqoq iplarini olib o’tadigan mos- Lama. M. ichida arqoqipi o’ralgan naycha bo’ladi. M. homuza (arqoq ipi b-n tanda ipi orasida hosil qilinadigan ko’z) ichi- da erkin yoki majburiy harakat qilib, bir qutidan ikkinchisiga o’tadi. M. harakati davomida arqoqipi naychadan bo’shalib xrmuzaga tashlanadi. Naychada- gi arqoq ipi bir marta (ko’p homuzali dastgohdar uchun) yoki ko’p marta tashlab o’tishga etarli bo’lishi kerak. Qad. to’quv dastgohlarida M.ni homuza tirqishidan to’quvchi qo’lda olib o’tkazardi. Hoz. AV- tomatik to’quv dastgohdarida zarb mexa- nizmlari yordamida M. o’z-o’zidan borib keladi (q. To’quvchilik). Ilgari M. yog’och (palma, shamshod, o’rik va b.), hayvon shohidan yasalgan, hozir, asosan, temir va po’latdan yasa- ladi. M.larning o’rtasi to’rtburchak sha- klida o’yilib, ikki yonida teshik (ko’z) qilinadi (naychadagi ip uchi shu teshik- dan o’tkaziladi). M. ko’zi, odatda, chin- nidan qilinadi. Yog’och M.ning ikki uchi o’tkirlanib, metall uchlik kiydiriladi. Qanday to’quv dastgohlarida ishla- tilishiga karab, M.lar avtomat dastgoh M.si (ichidagi uzunchoq bo’shliqqa ipli naycha joylashadi), mexanik dastgoh. M.si (o’rtasida ipli naycha o’rnatish uchun metall sterjen bo’ladi), movut to’qishda ishlatiladigan M. va b. xil- larga bo’linadi (rasmga k,.). Mexanik dastgohlarda M. ichidagi naycha arqoq ipi tugasa, bo’sh naychani to’liq naychaga almashtirish uchun dastgoh, to’xtatiladi, avtomat dastgohlarida esa bu ish ular ishlab turgan paytda avtomatik tarzda bajariladi. Ad.: Olimboev E. vab., To’quvchilik tex-nologiyasi va to’quv stanoklari, T., 1987.