MOLEKULYAR GENETIKA
MOLEKULYAR GENETIKA — molekulyar biologiyaning asosiy yo’nalishlaridan biri, irsiy axborot strukturasi va funktsiyasini, uning yuza- ga chiqishi mexanizmlarini o’rganadigan fan. M.g.ning rivojlanishi 1928 y.da F. Griffit tomonidan bakteriyalarda transformasiya hodisasini kashf eti- lishidan boshlanadi. O. Eyveri va sho- girdlari (1944) transformasiya asosida hujayraga yot DNK (dezoksiribo-nu- Klein kislota) kirib irsiy axborotni o’zgartirishiini aniqlashdi. Keyincha- lik transduktsiya (bakteriofaglar orqali bir hujayradan ikkinchisiga DNK qismlarining ko’chirib o’tkazilishi) hodisasining kashf etilishi irsiy moddaning moddiy asosi nuklein kis- lotasi ekanligini uzil-kesil tasdikla- Di. Bidl va Tey-tum (1948) tomonidan «bir gen — bir ferment» gipotezasi- ning yaratilishi genetikani biokimyo b-n bog’likligini ko’rsatdi. Bu kashfi- yotlar nuklein kislotalarni o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlarning keng ri- vojlanishiga sabab bo’ldi. M. Uilkins va R. Franklin (1950-52) DNK moleku- lasining rentgenogrammasini olishdi. E. Chargaff (1947-50) DNKdagi azotli asoslarning komplementarligi printsi- pini aniqlashdi. Bu tadqiqotlar D. Uot- son va F. Krik (1953) tomonidan DNK molekulasi qo’sh spiral modelining yaratilishi uchun asos bo’ldi. Bu modelga asosan DNK 2 polinukleotid zanjiri- dan iborat. Zanjirda DNK molekula- lari komplementar azot asoslarining vodorod bog’lari orqali o’zaro birikadi. DNK modelining yaratilishi tufayli DNKning matrisa prin-Tsipi asosida re- duplikasiyasi, genetik kodning va irsiy axborotning ko’chirilishi (transkrip- tsiya)ning, mutasiya mexanizmlari va DNK mutasiyalarining qayta tiklanishi (re- Parasiya) mexanizmlarini oldindan ba- shorat qilish mumkin bo’ldi. Bu kashfi- yotlar gen nazariyasining yaratilishi uchun asos bo’ldi. Keyinchalik irsiy axborot yuzaga chiqishining yangi mexanizmlari va genlar faoliyatining idora qilinishi ko’rsatib berildi; genlarning ekzonin- tron tuzilishi, splaysing, prosessing jarayonlari, mobil genlar, psevdogen- lar, onkogenlar, rekombinasiyalanuvchi genlar kashf etildi. M.g. genetik inje- neri-yaning nazariy asosi qisoblanadi. M.g.ga oid tadqiqotlar O’zbekiston FA biokimyo (yo. X. To’raqulov, J. X. Hamidov), Genetika (A. A. Abdukarimov, J. A. Musaev)i.t. institutlarida olib boriladi. Kurash Nishonboev.