MOLIYA BOZORI

MOLIYA BOZORI — moliyaviy mablag’larni vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’ladigan munosabatlar. U tarkiban qimmatbaho qog’ozlar bozori va qarzga beriladigan pul bozoridan iborat. Moliya bozori tizimiga — qimmatbaho qog’ozlar bozori, valyuta bozori, ssuda kapitali bozori kabilar kiradi. Moliya bozorida pulga obligatsiya va aksiyalar, veksel va sertifikatlar, valyutalar oldi-sotdi qilinadi.