Moliya siyosati

Moliya siyosati, byudjet siyosa- ti — davlat umumiy iqtisodiy siyosa- tining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini ta’minlash, mamlakat FA- rovonligini oshirish maqsadlarida mo- liya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha dav- lat tadbirlarini uz ichiga oladi. M.s. ta’sir ko’rsatadigan asosiy ob’ektlar — aholining turli katlam- lari, davlat institutlari (tashkilotla- ri), sanoat va xo’jalikning b. sohalari, mintakalar va mamlakatlarning umumiy hududi. M.s.ning asosiy quroli va tar- kibiy qismi — davlat byudjeti daro- madlari va xarajatlari, zayomlari, soliq imtiyozlaridir. Davlat tomonidan tan- lagan iktisodiy siyosatga va maqsadlarga qarab ayrim bandlar buyicha xarajatlar- ni kupaytirish yoki kamaytirish orqali mamlakat hayotining u yoki bu tomonlari- ga, davlat institutlari ga, iktisodiyot tarmoqlariga, mas, harbiy xarajatlarni yoki ilmiy texnik taraqqiyot uchun xara- jatlarni kupaytirib yoki kamaytirib, faol ta’sir etish mumkin. Davlat daro- madlar, ularning mikdori, soliklar ti- zimi orqali iktisodiy usish sur’atiga, aholi farovonligiga ta’sir ko’rsatishi, inflyasiya jarayonlarini va h.k.ni boshqarishi mumkin. Doimiy daromadlardan olinadigan moliyaviy resurslar etishmagan hollarda qarzlar qo’llaniladi, ularning hajmi va ularga xizmat ko’rsatish tartibi ham iqtisodiyot holatiga ta’sir ko’rsatadi. Soliq imtiyozlari M.s.ning muhim usul- laridan biri hisoblanadi, ularning yor- dami b-n davlat iqtisodiyotning muhim tarmoqlari taraqqiyotini tezlashtiri- shi, aholining ayrim qatlamlari yoki toifalarining daromadiga bilvosita ta’sir etishi mumkin. Imtiyozlar va soliqsolish bo’yicha preferentsiyalar keyingi o’n yilliklarda taraqqiy et- gan mamlakatlar iqtisodiyotida ayniqsa keng rivojlanmoqda. Mac, AQShda imti- yozlarning umumiy mikdori (ya’ni davlat- ning soliqlar to’g’risidagi qonunga bi- noan olinadigan soliqlardan maqsadli voz kechishi) federal byudjetning yarmiga yaqinini tashkil etadi. M.s. pul-kredit siyosati b-n qo’shilib ketadi va o’z tad- birlarini o’tkazishda uning usullari- dan foydalanadi. M.s.ning muhim to- moni shundaki, bu siyosat odatda hukumat va uning qarorlarini tasdiqlaydigan davlat organlarining bevosita tasar- rufida va boshqaruvida bo’ladi, pul- kredit tadbirlari b-n pul hukmdorlari — Markaziy bank tipidagi korxonlar shug’ullanadi. Makrodarajada M.s. dav — lat siyosati, mikrodarajada korxona, tashkilotlar va xonadonlar M.s.dan ibo- rat. M.s.ning tarkibiy qismi — byudjet siyosatining maqsadi davlat xarajatla- rini muqim ravishda pul b-n ta’minlash- dir. Buning uchun byudjetning daromad qismi ta’minlanadi, byudjet daroma- Di va xarajatlari balanslashtiriladi, byudjet taqchilligini me’yorida (YaIMga nisbatan 3%) bo’lishiga erishiladi. Firmaning M.s. — bu firmaning o’z moliya resurslarini hosil qilish va ularni samarali ishlatishga qaratilgan choratadbirlaridir. Bundan maqsad firmaning rentabel bo’lishi, likvid- ligini ta’minlash va o’z-o’zini moliya- lashtirishga erishishdir. Firma M.s. uning pul fondlaridan oqilona foyda- lanishiga, uning qarzdorligining me- ‘yorida bo’lishiga, pul mablaglarining o’z vaqtida aylanib turishiga, moliyaviy majburiyatlarning vaqtida bajarili- shiga qaratiladi. Firma M.s.ni uning egalari ishlab chiqadi, amalga oshirili- shini esa moliya menejeri ta’minlaydi. Xonadon M.s. — uning daromadlari va xarajatlarini balanslashtirish, ya’ni daromad manbalarini topish, daromad- larni oqilona ishlatish va farovonlik- ni oshirishni ko’zlaydi. M.s.ning natijasi uning asoslan- gan bo’lishi, Real imkoniyatlardan kelib chiqishi va uni izchil amalga oshirili- shiga bog’liq. Ahmadjon O’lmasov.