Mollyuskalar

Mollyuskalar (Mollusca) — umurtqasiz hayvonlar tipi. Gavdasi, odatda, bosh, tana va oyoq bo’limlaridan iborat (ikki pallalilardan tashkari). Tanasi mantiya deb ataladigan teri bur- masi b-n o’ralgan. Mantiya b-n tanasi oralig’ida mantiya bo’shlig’i bo’ladi. Bu bo’shlikda jabralar va boshqa organlar joylashgan. Ayirish, orka chiqaruv va jinsiy teshiklar ham mantiya bo’shlig’iga ochiladi. Mantiya tananing orqa tomoni- da chig’anoq hosil qiladi. Chig’anoq tanani himoya qilib turadi. Harakat organi ta- naning qorin tomonidan hosil bo’ladigan yassi yoki ponasimon yagona oyoqdan iborat. Ikkilamchi tana bo’shlig’i g’ovak birik- tiruvchi to’qima b-n to’lgan; tselom va uning qoldig’i yurakoldi xaltasi (peri- kardiy)ni va jinsiy bezlar atrofidagi bo’shliqni hosil qiladi. Qon aylanish sistemasi tutashmagan; qon tomirlardan. hamda tana bo’shlig’i qoldikdari— la- kunlar va sinuslar orqali oqib o’tadi. Yuragi qorincha va bo’lmacha deb ataladi- gan 2 yoki 4 ta ka-meradan iborat. Nafas organlari ktenidiy deb ataladigan ja- bralardan, quruklikda va ko’pchilik chu- chuk suvda yashaydigan M.da o’pkadan ibo- rat. Ayirish organi halqali chuvalchan- glarnpnt metanefridiylariga o’xshash tuzilgan bir juft naysimon buyraklar- dan tashkil topgan. Buyragi yurakoldi xaltasidan boshlanib, chiqarish sifoni deb ataladigan mantiya bo’shlig’iga ochi- ladi. Nerv sistemasi ko’pchilik M.da ta- naning turli qismida joylashgan 3 yoki 5 juft nerv tugunlaridan iborat. Tu- ban tuzilgan M. nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi hamda tana bo’ylab joylashgan nerv stvollaridan tuzilgan. Ayrim M.ning bosh nerv tu-guni kuchli rivojlanib, bosh miyani hosil qiladi (boshoyokdilar). Faol hayot kechiruvchi turlarida sezgi organlari (ko’zlar, pay- paslagichlar) rivojlangan. M. ayrim jinsli yoki germafrodit (q. Germafro- ditizm). Dengiz M.i. tuxumidan troxo- fora yoki Veliger (elkancha) lichinkasi chiqadi. Boshoyoklilar, quruklik va chu- chuk suv qorinoyokdilari metamorfozsiz (o’zgarishsiz) rivojlanadi. M. yonbosh nervlilar va chig’anoklilar kenja tipiga bo’linadi. 1-kenja tip 2 yoki 3 ta sinfga, 2tip 5 ta sinfga bo’linadi. 130 mingga yaqin turi ma’lum. Er yuzida juda keng tarqalgan; bir qancha turlari quruklikda va chuchuk suvlarda; ko’pchilik turlari dengizlarda hayot kechiradi. Ko’pchilik M. suv tubi (bentos)da yashay- Di. M. suv xayvonlari uchun oziqsifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha turlari (ustrisalar, kalmarlar, midiyalar, den- giz taroqchalari, tok shillig’i) iste’mol qilinadi. Marvariddorlardan marvarid olinadi. Marvariddorlar, midiyalar maxsus ko’paytiriladi (q. Akvakultu- ra). Quruklikdatarqalgan ayrim M. (tok shilliq qurti, yalang’och shilliq) ekin- larni eb, katta ziyon keltiradi. Chuchuk suv shillig’i jigar qurtining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Ld.:Mavlonov O., Xurramov Sh., Nor- Boev 3., Umurtqasizlar zoologiyasi, T., 2002.