Molxona

Molxona — mol bokiladigan bino. Boqiladigan mol turi ga qarab qo’ylar uchun qo’ralar, qo’tonlar, qoramollar uchun og’ilxonalar, otlar uchun otxonalar quriladi. Ularning har biri o’ziga xos tuzilishga ega. Krramollar M.da boglab va bog’lamay boqiladi. Mollar 2 qator qilib bog’lab boqiladigan M.da og’ilxona bino bo’ylab qator joylashtiriladi va 1,5 m li ko’ndalang yo’llar b-n sektsiyalar- ga bo’linadi, o’rtadagi 1,5 m li yo’ldan em- xashak oxurlarga tarqatiladi, ikki chet- dagi 1,2 m li yo’llardan go’ng tashiladi. To’rt qatorli M.da ozuqa tarqatiladigan ikkita va go’ng chiqariladigan uchta yo’l qilinadi. Olti qatorlisida og’ilxonalar uchta qo’sh qatorga joylash- tirilib, ozuqa tarqatiladigan uchta yo’l, go’ng chiqariladigan to’rtta yo’l bo’ladi. M.dagi har bir og’ilxonada mol bog’lash uskunalari, oxur va sug’orgich o’rnatiladi. Og’ilxonalarning katgaligi, mollarning mahsuldorligi va zotdorligiga qarab, eni 1-1,2 m, bo’yi 1,7—2 m qilinadi. M.da qo’shimcha binolar: em, to’shama va asbob-uskunalar saqlanadigan xonalar, ventilyasiya kamerasi, xodimlar xonasi bo’ladi. M. yaqiniga sut bloki quriladi, unda lab., sut quyiladigan, idish yuvila- digan joylar, vakuumnasos, qozonxona va b. bo’ladi. Mollar bog’lamay boqiladigan M. yopiq yoki uch tomoni o’ralgan yarim ochiq (ayvon ko’rinishida) bo’ladi. Havo harorati -20° dan past bo’lmaydigan r-nlarda yarim ochiq M. quriladi. Bun- Day M. olib qo’yiladigan to’sikdar b-n sektsiyalarga bo’linadi. Har qaysi sektsiya 60 tagacha sigirga mo’ljallanadi. Mexa- nizmlarda go’ng chiqarish, em-xashak va to’shama tashib kelish uchun sek-tsiyalar o’rtasidan o’tadigan yo’l qilinadi. M. maydoni uchun sutchilik xo’jaliklarida har bir sigirga 4-5 m2, go’sht etishtiri- ladigan xo’jaliklarda buzog’i b-n sigir- ga 7 m2 hisobidan joy ajratiladi. M. yaqinida mollarni yayratish maydonchasi (har bir sigirga 7— 10 m2) bo’ladi, bu erga hamma mollar uchun umumiy oxur- lar va sug’orgichlar quriladi. M. yaqiniga sigir sog’iladigan bino qurilib, sog’ish uskunalari o’rnatiladi (chorvachilik fermasi). Ro’zimat Hamroqulov.