Monako
Monako (Monaco), Monako Knyaz- ligi (Principaute de Monaco) — Jan. Evropada, O’rta dengiz so-hilidagi dav- lat. Mayd. 2 km2. Aholisi 31,8 ming kishi (2001). Poytaxti — Monako sh. M.da monegasklar, Fran-suzlar, ita- lyanlar yashaydi. Rasmiy til — frantsuz tili. Dini — katolisizm. Ma’muriy jihatdan 3 okrugga bo’linadi. Bu okru- glar bir-biri b-n qo’shilib ketgan Mona- ko, Kondamin va Montekarlo sh.laridan iborat. M. — konstitusiyali monarxiya (Knyaz- lik). Amaldagi Konstitusiyasi 1962 y. 17 dek. da qabul qilingan. Davlat boshlig’i — Knyaz (1949 y. 9 maydan Rene III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Knyaz b-n Millim kengash (parlament) amalga — oshiradi. Ijroiya xrkimiyatini Knyaz nomidan Davlat vaziri boshchiligidagi Hukumat kengashi boshqaradi. Mil. AV. 10— 1-a.larda hoz. M.hududida finikiy, keyinroq yunon manzil-gohlari bo’lgan. Mil. AV. 1-a. da M.darimliklar, keyinchalik ara- blar, mil. 11-a.ning 2-yarmida genuyali- klar hukmronlik qilgan. 1419 y.dan M. mustaqil knyazlik, 1524 y.dan Ispaniya, 1641 y.dan Frantsiya protektorati. Fran- tsiya inqilobi natijasida M.da knyazlik hrkimiyati ag’darilib, mamlakat Fran- tsiyaga qo’shib olindi (1793). 1814 y.gi Parij sulhi M. knyazligini tikladi, Vena Kongressi (1814-15) qarori b-n M. Sardiniya qirolligi protektoratiga aylandi. 1861 y.dan Frantsiya protek- torati. 1865 y.da Frantsiya b-n bojxo- na ittifoqini tuzdi. Frantsuz Moris Blan M.da qimorxona ochishga kontsessiya oldi. «Dengizda cho’milish jamiyati» tuzildi va u Montekarloda qimorxona majmuasini qurdi. Frantsiya b-n M. o’rtasidat.y. qurilgach (1868), Montekar- lodagi qimorxona dunyoga mashxur bo’ldi va M.ning asosiy daromad manbalaridan biriga aylandi. 1899 y. M.da okeanografiya muzeyi tashkil etildi va u xalqaro okeanogra- fiya tadqiqotlari markazi bo’lib qoldi. 1911 y. birinchi Konstitusiya joriy qilindi, unda saylab qo’yiladigan mil- liy kengash (parlament) ko’zda tutilgan edi. 1959 y.da Knyaz Rene III Milliy kengashni tarkatib, Konstitusiyaning amal qilishini to’xtatdi. 1962 y.da yangi Konstitusiya joriy etildi. 1963 y. 18 mayda Frantsiya b-n M. o’rtasida tuzil- gan bitimdagi konventsiyaga muvofiq, Frantsiya M.dagilarga erkin soliq so- lish huquqiga ega bo’ldi. M. — 1993 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 19 noyab. — Millat kuni. M.da oziq-ovqat, elektrotexnika va radioelektronika, kimyo, farmasevtika, poligrafiya, kema ta’mirlash korxonala- ri bor. 800 ga yaqin xalqaro kompaniya va 50 bank boshqaruvi ishlaydi. M. — tu- rizm markazlaridan biri. Bu erda dunyo- ga mashhur kurortlar mavjud. Xorijiy sayyoxlarga xizmat ko’rsatish, kurortlar va qimorxonalar asosiy daromad manba- idir. Pul birligi — frantsuz franki. M.da rasmiy siyosiy partiyalar yo’q; turli siyosiy tashkilotlar parlament saylovi vaktida faoliyat yuritadi. M. kasaba uyushmalari birlashmasiga 1944 y.da asos solingan. M.da oylik «gazet Monako — Kot D’ Azyur» («Monako gaze- tasi — lojuvard soxil», 1976 y.da asos solingan), hukumatning haftalik «jur- nal de Monako» («Monako gazetasi», 1858 y.dan), «Monako aktyualite» («mo- nako yangiliklari», 1985 y.dan) gaz.lari chiqadi. Montekarlo radiosi va Monte- Karlo televideniesi 1954 y.dan mavjud. M. da boshlang’ich va o’rta maktablar, hunartexnika bilim yurtlari, Mona- ko sh.da musiqa akademiyasi bor. M. hududida topilgan £ «S qad. Madaniyat iz lari paleolit va neolit davrlariga mansub (rasadxona, Bosse-russe g’orlari va b. joylardagi topilmalar). Fini- kiyaliklar hukmronligi davrida afso- naviy qahramon Melkart yoki gerak- lga bag’ishlangan ibodatxona qurilgan. Gresiya va Rim xukmronligi davrlariga oid sopol, oltin buyum va zebziynatlar, ayniqsa, ko’p topilgan. 1215 y.da Genuya- liklar M. qo’ltig’i atrofidagi qoya te- pasiga kurgan qal’a 16-a.da saroyga ay- lantirildi va u Monako shahri tarixiy markazining o’zagi bo’lib qoddi. M. san’ati Frantsiya va Italiya ba- diiy madaniyati ta’sirida rivojlandi. Bu erdagi barcha muhtasham inshoot va binolar frantsuz me’morlari loyihasi asosida qurilgan. Turar joylar, asosan, 2-3 qavatli imoratlar tarzida barpo etilgan. Keyingi yillarda baland bi- nolar, ko’ngilochar muassasalar ko’plab qurildi.