Monasit

Monasit (nem. monazit, Yun. Monazo — yakka yashayman) — mineral; tseriy guruhiga mansub Nodir er elementlari fosfati. Kimyoviy tarkibi (Ce,La…) [RO4]. Monoklin singoniyali. Ko’pincha turli qo’shimchalari bo’ladi, bulardan asosiylari: TYU2(28% gacha), SiO2 (6% gacha), V2O5(5% gacha) va b. Plastinka- Simon, ba’zan qalin taxtachasimon kri- stallar, turli shaklli donachalar, dona- chali massalar hosil qiladi. Ko’pincha kuchli radioktiv. Rangi sariq, sariq- yashildan qo’ng’ir, qizil-qo’ng’irgacha. Kat- tikligi 5-5,5, zichligi 4,9—5,5 g/sm3. M. konlari, odatda, granitli pegmatit- lar b-n, ba’zan ishuriy granit, sienit- larda gidrotermal karbonatli tomirlar b-n bog’liq. M., asosan, Daryo va dengizdagi soch- malardan (Hindiston, Braziliya, Shri Lanka) olinadi. O’rta Osiyo, jumla- dan, O’zbekistonda Chorkesar, Oqtov va Chatqol-Kurama tog’larida va b. joylarda aktsessor ko’rinishida kup uchraydi. Tse- riy va toriy olishda xom ashyo.