Monilioz

Monilioz, meva chirish kasalli- gi — olma, nok va ba’zan danakli meva daraxtlarida uchraydigan kasallik. Monilia turkumiga mansub zam-burug’lar ko’zg’atadi. Kasallangan mevalar qo’ng’ir tus oladi, pustila sarg’ish mayda do’mboqchalar paydo bo’ladi, meva eti hovol bo’lib qoladi, ta’mini yo’qotadi, chirib, jigarrang tusga kiradi. Kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’sporalari emg’ir, shamol, hasharotlar erdamida tarqaladi. M. qo’zg’atuvchilari o’simlikka asosan me- xanik shikastlanishdan yuqadi. Kasal- langan mevalarning ko’pchiligi to’kilib ketadi, ayrimlari shoxlarda osilgancha qotib qolib, bahorda kasallik manba- iga aylanadi. M. mevalar omborlarda saqlanayotgan davrda ham paydo bo’ladi. Kurash choralari: yoz davomida chiri- gan, to’kilgan mevalar yo’qotiladi, da- raxtlarga gullashdan oldin va gul dan tushganidan keyin 1% li Bordo suyuqligi yoki boshqa fungisidlar eritmasi pur- kaladi; meva omborlari toza tutiladi, havo namligi mo»tadil saqlanadi.