Monizm
Monizm (Yun. monas — yakka, yagona) — dunyodagi turli hodisalar negizida bitta ibtido, yagona substantsiya yotadi deb hisoblaydigan ta’limot. M. dua- lizm va plyuralizmning aksi. Falsafa tari-xida materialistik va idealistic M. mavjud bo’lgan. Materialistik M. tarafdorlari suvni (Fales), apeyron (noaniq modda)ni (Anaksimandr), havoni (Anaksimen), gomeomeriya (zarra)ni (Anaksagor), atomni (Demokrit, Epikur), olovni (Geraklit) dunyoning yagona mod- diy asosi deb hisoblaganlar. Ideali- stik M.ning yirik vakili Gegel dunyo va uning hodisalari asosiga dunyoviy g’oyani qo’ygan. Falsafada M. butun borliqni — tabiat, jamiyat, inson ma’naviy dunyo- sini bir deb bilish, ular yagona asosdan kelib chiqqan, bir-birlaridan mutlaqo ajralmas deb hisoblashdir. Tabiatshunoslikda M. jonsiz (no- organik) va jonli (organik) tabiat bosqichlari — o’simlik dunyosi, hayvonot dunyosi, insoniyat dunyosini bir asosdan uzoq rivojlanish jarayonini bosib o’tib, bir-biridan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limotdir.