Morfema
Morfema (Yun. morphe — shakl) — o’ziga xos shakl va ma’noga ega bo’lgan, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan, so’z (leksema) yasash yoki so’zning shaklini hosil qilish uchun xiz- mat qiladigan lisoniy birlik. Morfe- malar o’zbek tilida, asosan, affiks (q.) holatida bo’ladi. Mac, chi (kurashchi), -shunos (siyosatshunos), -q (taroq), ki (tepki), li (aklli), Chan (ishchan), la (tuz- la), -illa (taqilla), lar (bolalar), rok, (kattaroq), -mtir (krramtir) va b. M.lar asosiy vazifasiga ko’ra, 2 turga bo’linadi; so’z yasovchilar; so’zning shaklini yasovchilar. Suz yasovchi M.lar yangi-yangi leksemalar hosil qilish uchun qo’llanadi va o’zbek tili lug’at (leksik) qatlamining boyishida muhim rol o’ynaydi. So’z shakli hosil qiluvchi M.lar so’zning qo’shimcha ma’no ifoda- lovchi shaklini yasaydi. Mas, daraxt- lar (daraxt so’zining ko’plik shakli), balandroq (baland so’zining daraja shakli), sarg’ish (sariq so’zining ozay- tirma shakli) keldim (kel fe’lining o’tgan zamon birinchi shaxs birlik shak- li) va b. M.lar mustaqil qo’llanmaydi, lug’aviy ma’no ifodalay olmaydi, faqat so’zning lug’aviy va grammatik ma’nola- ri shakllanishiga xizmat qiladi. So’z tarkibida M. ishtirok etmasligi ham mumkin. «M.»termini va tushunchasini tilshu-noslikka polyakrus tilshunosi I.A.Boduen de Kurtene kiritgan. Lekin M.ning I.A.Boduen de Kurtene talqini b-n ushbu, hozirgi talqini o’rtasida bir qadar farq bor. Azim Hojiev, Ne’mat Mahkamov.