Morfogenez

Morfogenez (Yun. morphe — shakl va genesis — rivojlanish) — or- ganizmlarning ontogenezi va filogene- zida yangi shakllar va tuzilmalarning hosil bo’lish jarayoni. M. jarayonida hujayralarning ko’payishi, joyining o’zgarishi, tanlanishi, ba’zi hujayra guruhlarining oldindan irsiy belgilab qo’yilgan o’limi va ixtisoslanishi kuza- tiladi. Murtakhujayralarining ixti- soslanishi tufayli har xil tuzilishga va funktsiyaga ega bo’lgan hujayralar shakllanadi. Ixtisoslashgan hujayralar muayyan yo’nalishda rivojlana boshlay- Di. Bu jarayon determinasiya deyiladi. Unda hujayra guruxdari o’zaro ta’sir qilib, bir-birining rivojlanishini boshqaradi. Bu hodisa embrional induk — tsiya deyiladi (yana q. Ontogenez, Filoge- nez).