Mufel

Mufel (nem. Myffel) — pechda qizdiriladigan buyumni tashqi muhit yoki yoqilg’i yonganda ajraladigan gaz- lar ta’siridan himoyalaydigan kame- ra. M. pech ichiga joylashtiriladi. Yonish mahsulotlari M. tashqarisida harakatlanadi va issiklik uning de- vori orqali ichiga o’tadi. Yonilg’i (gaz) issiqbardosh quvurlar ichida yonadi- gan M. ham bor. Bunda quvurlar pech- ning ish bo’shlig’idan o’tkaziladi. M. o’tga chidamli g’isht (shamot yoki kar- borund) dan yoki issiqbardosh metal qotishmalardan yasaladi. M. bir tekis qiziydi, kul yoki qurum b-n ifloslan- maydi. Qizdirilayotgan metallni oksid- lanishdan saklash uchun M. maxsus gaz b-n to’ldiriladi. M. kichik detallarni termik, kimyoviytermik ishlash va b.da ishlatiladi. Elektr b-n qizdiriladigan M. ham bor. Ichiga M. joilashtirilgan pech mufelli pech deb ataladi. Bunday pechlarning ish unumdorligi — 70-600 kg/soat, issiklik sarfi — 5000-7000 kJ/g. Kamera ichidagi Trani 1300° gacha etkazish mumkin.