Muhabbat, sevgi
Muhabbat, sevgi — 1) biror shaxsga yoki kishilar guruhiga, g’oyaga yoki amaliy faoliyatga nisbatan in-Tim va kuchli tuyg’u. Nafratning aksi. Shaxs ichki dunyosining eng erkin ifodasi si-fatida yuzaga keladi. M. tuyg’usining ulug’vorligi va murakkabligi shundaki, unda biologik va ma’naviy, shaxsiy va ijtimoiy, in-Tim va umumiy holatlar bamisoli bir nuqtaga to’planadi. Ijtimoiy fikrlar tarixida M.ga turlicha ma’no berilgan. Yunoniston- da M.ni kishilar va tabiat ustidan hukmronlik qiluvchi afsonaviy kuch deb tushunganlar, natijada M. xudosi — Erot (Eros) haqida tasavvurlar vujudga kelgan. Empedokl M. olamni — insonlar va tabiat hodisalarini uyushtirib, bir- lashtirib turuvchi omil deb qaragan, PLA- ton M.ni 2 turga — missiy M. va aqliy M.ga ajratadi. Uning fikricha, hissiy M. tashqi go’zallikni his qilishdan hosil bo’ladi va M.ning quyi bosqichini tashkil etadi. Aqliy M. esa go’zallikni keng ma’-noda — axloqiy-estetik, il- miy tushunishdan paydo bo’ladi. U akliy (ma’naviy) M.ni ustun qo’yadi. O’rta Osiyo mutafakkirlari ham M. masalasiga katta e’tibor berganlar. Ular insonlar orasidagi, jumladan, er- kak va ayol orasidagi M.ni yuksak munosa- BAT deb tushunishgan. Ibn Sino M. haqida maxsus ilmiy asar yozgani ma’lum. Yusuf Xos Hojib nazarida, M. mustahkam oi- laviy turmush, ijtimoiy takomilning zaminidir. Lutfiy fikricha, M. inson- ni qadrlash, sadoqat va vafodorlik b-n chambarchas bog’liq.. Alisher Navoiy M.ni 3 turga: erkak b-n ayol nikohida amalga oshadigan jinsiy M.ga, umuman inson- lar o’rtasidagi munosabatlarda namoyon bo’ladigan M.ga, Allohga bo’lgan M.ga ajratadi. Evropada M. muhim ijtimoiy hissiyot sifatida tabiatni o’rganishga, shaxsning garmonik takomiliga xizmat qiluvchi kuch sifatida talqin qilindi. 3. Freyd M.ni fiziologik instinkt deb Billi va ota-onalik, farzandlik mehri ham shu instinktning ayrim ko’rinishi deb hisobladi. Sevgi, mehr, sadoqat darajasidagi M. odamlar va hayvonlarning genetik da- sturida mavjud bo’lgan biologik hodisa sifatida o’zidan avlod qoldirish, uni hayotga tayyorlashga qaratilgan kuchli his-tuyg’uning namoyon bo’lishidir. Bu, hayvonda ham, odamda ham o’z zo’rriyotini saqlab qolishga qaratilgan extiros- li ehtiyojlarni jinsiy munosabatlar shaklida yuzaga chiqaradi. M. faqat 2 jinsning birlashishiga bo’lgan kuchli ehtirosdan iborat bo’libgina qolmay, ayni chog’da u odamning ota-onasi, qarindosh-urug’lari, yaqin kishilari, do’stlari, qo’ni-qo’shnilari, o’quv va mehnat jamoalari, o’z xalqi va Vata- ni hamda umuman bashariyat b-n ruhan yaqinlashishning kuchli vositasi hamdir. M. tufayli individ go’zal fe’l-avtorni, xulqni o’zida gavdalantirib, muayyan ja- moa va jamiyat oldida yuksak qadr topa- Di, boshqalarda o’ziga nisbatan samimiy mehr-oqibatni uyg’ota oladi. Shuning uchun ham bilish nazariyasida M. olam va odam munosabatlarini anglash jara- enining boshlanishi va shart-sharoiti ham hisoblanadi. Odam olamni, o’zini kur-shagan tabiiy va ijtimoiy muhitni ularga bo’lgan M.i darajasida anglaydi. M. odamlar va narsalar mohiyatini bilib olish uchun aqlga yo’l ochadi, qorong’u du- nyoni yorug’etadi, ezgulikni yovuzlikdan, rostni yolg’ondan farqlash mezoni sifa- tida ham namoyon bo’ladi. M. odamlarni, turli jamoalarni, xalqlarni, millat- larni bir-biriga yaqinlashtiradi. M. bor joyda murakkab muammolar ham osonlikcha hal bo’ladi, hatto urushlarga, janjallarga o’rin qolmaydi. Shuning uchun ham bir guruh faylasuflar inso- niyat tarixida M. dinini yaratish orqali xalqlarni, odamlarni birlashtirish, hamkorhamna-fas qilish mumkin, degan g’oyani ham ishlab chiqqanlar. Fantexnika inqilobi shitob b-n davom etayotgan, insonga Iroda va in- dividual erk berish orqali ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtirish va binobarin, eng qulay turmush sharoitini vujudga keltirish mumkinligi ayon bo’lgan hoz. davrda an’anaviy turmush tarzi izdan chiqib, yangi zamonga monand keladigan hayot tarzi hali shakllanib ulgurganicha yo’q. Bunday sharo-itda odamlardagi M. his-tuyg’ulari siyqalashib, dag’allashib borayotgani, yakka nikohlikka asoslangan oilalarning qadrsizlanishi (ayniqsa, G’arbda) natijasida chinakam M.ga putur etayotgani ham kuzatilmoqda. 2) tasavvufda Allohga etishish («haqiqatga erishish»)ning asosiy vo- sitasi. Axmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg’oniy, So’fi Olloyor va sh.k. shoir- lar she’rlarida insonni bu dunyoga emas, Allohga M. qo’yishga chaqiradi. Yassaviy fikricha, kishi butun hayotini Allohga, ilohiy M.ga bag’ishlashi kerak, hayotning mohiyati Alloh — «haqiqat»ga erishish- dir. Allohdan o’zgaga bo’lgan M. soliklar nazarida majoziy M. sanalgan. Tasavvu- Fona bitilgan g’azal va she’rlarda ma- joziy M. orqali haqiqiy M. tarannum etiladi. Ibrohim Karimov.