Muhammad do’st Murod

Muhammad do’st Murod (1949.12.4, Samarqand viloyati Jom qishlog’i) — yozuvchi va jamoat arbobi. ToshDU tarix FTIning falsafa bo’limini tugatgan (1971), Moskvadagi adabiyot in- tida o’qigan (1974-79). «O’zbekfilm» kinostudiyasida stsenariychi (1979-84), «Sharq yulduzi» jur.ida bo’lim mudiri, bosh muharrir o’rinbosari (1984-89), «Literaturnaya gazeta»ning muxbiri (1989-90), Prezident devonida mas’ul xodim (1990-92), O’zR Milliy axborot agentligi bosh direktori (1992-93; 1999- 2002), Prezidentning matbuot kotibi (1993-99). 2002 y.dan «O’zbekkino» dav- lat aktsiyadorlik kompaniyasi raisi. M. D.ning «Qaydasan, quvonch sado- si?»nomli dastlabki hikoyalar to’plami 1976 y.da e’lon qilingan. Shundan keyin uning «Mustafo» (1977), «bir toychoqning xuni» (1979), «dashtu dala- larda» (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. M. D.ning «Galatepaga qaytish» qissasi (1983) istiqlol ara- fasi o’zbek nasrida muhim voqea bo’ldi. Yozuvchi bu va boshqa qissalarida olis qishloqlarda yashayotgan oddiy kishilar- ning kundalik mehnat og’ushida kechayotgan hayotini diqqat-e’tibor b-n kuzatadi, ularning o’ziga xos tabiati va insoniy sajiyasini yorqin gavdalantiradi. M. D. bu asarlari b-n adabiyotimizning Kito- biylashgan tilini yangilab, unga jonli xalq tili ranglari va ohanglarini olib kirdi, sheva doirasida qolib ketayotgan so’z va iboralarning adabiy tildan o’rin olishga to’la huquqli ekanini isbotlab berdi. Yozuvchi o’z ijodida folklor US- lubidan keng foydalanadi, uning tili yumorga boy, uning har bir qaxramoni o’z fikrlash tarziga ega. M. D.ning «Lolazor» (1988) romani tur-g’unlik yillaridagi murakkab hayotiy jarayon- ga bag’ishlangan. Romanda sho’rolar tu- zumining emirilishi va kommunistik mafkuraning tanazzuliga olib kelgan ijtimoiy sabablar ishonarli tasvirla- nadi, inson va hokimiyat munosabatidek qad. mavzu muayyan davr misolida chuqur tadqiq etiladi. M. D.ning asarlari aso- sida badiiy filmlar suratga olingan.