MUHAMMAD DOVUD
MUHAMMAD DOVUD (1908-1978) — Afg’oniston davlat arbobi, general. Qandahor va Sharqiy viloyatlar gene- ral-gubernatori (1933-46), Markaziy armiya korpusi qo’mondoni, ichki ishlar vaziri (1946-47), Afg’onistonning Frantsiya, Belgiya va Shveytsariyadagi el- chisi (1947-49), milliy mudofaa vaziri (1949-50), bosh vazir (1953-63). M.D. 1973 y. 17 iyulda armiya yordamida dav- lat to’ntarishi o’tkazib, Afg’onistonni respublika deb e’lon qilgan. M. D. Pre- zident kilib saylangan hamda bosh vazir qilib tayinlangan.