Muhammad Rahim
Muhammad Rahim, Muhammad Rahimbiy otaliq (1709— 1758.24.3) — mang’itlar sulolasining asoschi- si, qushbegi, Buxoro xoni (1756-58). Muhammad Hakimbiynmng o’g’li. Ot- asining ko’magi b-n Ashtarxoniylardan Abulfayzxon saroyida yuqori lavozim- larda xizmat qilgan. Eron hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda uning mavqei yanada oshgan va Abulfayzxonning qiziga uy- langan. Buxoroning ob-ro’li kishila- ridan 12000 nafarga bosh bo’lib, ular- ni oq uylik sifatida Eron poytaxti — Mashhadga olib kelgan. Keyinchalik kattaqo’rg’onlik Ibodullohbiy boshchi- ligida xitoyqipchoq qavmlari ko’targan isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrug’i b-n Buxoroga qaytadi (1745) va qushbegi — bosh vazir lavozimi- ni egallaydi. Aynan shu paytdan bosh- lab u Buxoro xonliginiig amaldagi hukmroniga aylangan. M.R. buyrug’i b-n 1747 y.da Abulfayzxon Mir Arab madra- sasi hujralaridan birida o’ldiriladi. Taxtga Abdulmo’minxon (hukmronligi: 1747— 51), Ubaydullaxon III ibn Abdul- Mo’minxon (hukmronligi: 1751-54), Sherg’ozi (hukmronligi: 1754-56) ni o’tqazib, bu qo’g’irchoq xonlar davri- da Markaziy hokimiyatga bo’ysunishni xohlamayotgan Miyonkol, Nurota, Urgut, Jizzax, O’ratepa, Xo’jand, Toshkent, Shaxrisabz, Boysun, Hisor, Qubodiyon va b. bekliklar ustiga yurish qilib, ularni bo’ysundiradi. Burqut, bahrin, kenagas, qipchoq, yuz, saroy va b. qavmlarni mam- lakatning turli hududlariga ko’chirib, xonlikning yaxlitligi va xavfsizli- gi uchun izchil kurashgan. Urushlar tu- fayli vayron bo’lgan Darg’om kanalini qayta tiklattirgan. Buxoro sh.ning mu- dofaa devori mustahkamlanib, bal. 2 m.li yangi devor qurilgan (1752-53). M. R. Buxoro taxtiga rasmiy ravishda xon bo’lib o’tirgach (1756.16.12), mang’itlar sulolasining xukmronligi boshlandi. U Xiva xonligidagi siyosiy nizolar- dan foydalanib, taxtga o’z odamlarini o’tqazgan. Buxorolik tarixchi Mirzo AB- dulazim Somiy Bo’stoniyning yozishicha, G’ijduvon tumanidan qaytayotganda yo’dda vafot etgan. Buxorodagi Shohrud anhori bo’yida, mozor darvozasidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn etilgan. Ly.:Mirza Abdal’ Azim Sami, ta- rixi salatini mangitiyya, M., 1962; O’zbekiston davlatchiligi tarixi ocher- klari, T., 2001. Qahramon Rajabov.