Muhammad Rahim I
Muhammad Rahim I (to’liq ismi Muhammad Rahimxon ibn Avaz inoq ibn Muhammad Amin inoq) (1775-1825) — Xiva xoni (1806-1825). Akasi Eltu- zarxon vafotidan keyin taxtga o’tirgan (1806). M. R. I Xiva xonliginn birlash- tirishda ijobiy natijalarga erishgan; bir qancha siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlar o’tkazgan. Xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi Kengash (De- von) ta’sis etilgan. M.P.I mamlakatni kengaytirish uchun turkman — chovdurlar ustiga yurish qilgan (1808-1809). Shu yili Hasan-boy elini bo’ysundirib Qo’ng’irotga hujum qilgan, biroq u erda qattiq qarshilikka uchragan. Oymirza hukmronlik qilayotgan qoraqalpoqlarning bir qismini oq yoqsh degan mavzega ko’chirgan. M.P.I Orol bo’yi qoraqalpoqlarini bo’ysundirish uchun bir necha marta yurish qilib, 1811 y.da To’ramurod so’fini engib xonlik- ni mustahkamlagan. 1812-18 y.lar davomida Sirdaryo bo’yi qozoklari va Marvdagi taka turkmanlar ustiga yurish qilib, ularni xonlikka qo’shib olgan. Bu g’alabalar Xiva xonligining mavqeini mustahkamlab, uni mustaqil qudratli davlatga aylantirgan. 1823— 1824 y.larda Buxoro amirligiga te- gishli Qoqishtivon, Og’or va Poykend qal’alariga talonchilik yurishlari qilgan. Buxoro amiri Haydar b-n sulh tuzgan (1825). M.P.I davrida Dashti Qipchoq, Xuro- son Xiva xonligiga soliq to’lab turgan. Xonlik hududi Jan.da Xuroson, shim. da Orol dengizi va Sirdaryoning quyi oqimidagi erlar, Sharqda Buxoro Amir- ligiga tutash hududlar, g’arbda Kaspiy dengizi qirg’oklarigacha bo’lgan erlar- ni o’z ichiga olgan. M.P.I o’zi qurdirgan Paxlavon Maxmud maqbarasitt katta xonaqohning to’riga dafn etilgan. M.P.I Arab, fors tillarini bilgan. Ilm ahliga homiylik qilgan. Olim, shoir va donishmandlar b-n suhbatlar o’tkazib turgan. Muniaa Eltuzarxon dav- rida boshlangan «Firdavs-ul-Iqbol» asarini davom ettirishga sharoit yaratib bergan. 1813 y. Munisga «Ravzat-ussafo» asarini tarjimasini topshirgan. Mam- lakatda bir qancha kanallar qazdirib obodonlashtirishga e’tibor bergan. Arkda zarbxona tashkil qilib oltin va kumush tangalar chiqargan. M.P.I davrida ichkilik va bangilik taqiklangan. Pax- lavon Mahmud maqbarasi qayta qurilgan. Xivada bir qancha madrasa va masjidlar qurilgan. Bojxona va b. muassasalar ishga tushgan (yana q. Xiva xonligi). Ad.: Munis , Firdavs-ul-Iqbol, T., 1952; Muhammad Yusuf Bayoniy, Shaja- rayi Xorazmshohiy, T., 1964. Nemat Polvonov.