Muhayyir
Muhayyir (taxallusi; asl ismi Muhammadqul Muhammadrasul o’g’li) (1842, Ko’qon — 1918, Rishton tumani) — shoir, tarjimon va xattot. O’zbek va for- stojik tillarida ijod qilgan. 1875— 85 y.larda Buxoro madrasalarida o’qigan. M.ning o’z qo’li b-n ko’chirgan mukammal devonining 2 nusxasi mavjud. Devonida 350 g’azal, 35 muxammas, 3 musaddas, 6 mu- Rabba, 2 tarje’band, 73 ruboiy va «qirq hadis»ning she’riy yo’l b-n qilingan tarjimasi bor. M., shuningdek, «salo- ti Mas’udiy» nomli fiqh ilmiga oid forscha kitobni o’zbek tiliga tarjima qilgan. 1870 y.da Alisher Navoiyning terma devonini ham nasta’liq xatida ko’chirgan. Muqimiy, Furqat, Muhyi, Zavkiy, Nodim Namangoniy va munta- zirlar b-n yaqin ijodiy munosabatda bo’lgan. Lutfiy, Jomiy, Hofiz Shero- ziy va Alisher Navoiy g’azallariga mu- xammaslar bog’lagan, naziralar yozgan. She’riyatida tasavvufiy ohanglar, ramz va ishoralar ham bor. Ijodiy merosi- ning umumiy hajmi 10000 misradan oshiqroq. 3 qo’lyozma devoni O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti (inv. №7493, 19111) va O’zbekiston FA Davlat adabi- yot muzeyida saqlanadi (inv. №241). Ad.: Tanlangan she’rlar, T., 1967; Devon, T., 2000. Akram Dehqonov.