Mujtahid
Mujtahid (Arab. — intiluv- chi, g’ayrat qiluvchi) — o’rta asrlarda Islomda ijtihod huquqiga ega bo’lgan, ya’ni mustaqil ravishda liniy aqidaviy va huquqiy masalalar bo’yicha xulosa bera oladigan va hukm chiqara oladi- gan shaxs. Sunniylarda diniy huquq mazhablarining asoschilari, shialarda yuqori martabali ruhoniylar va diniy huquqshunoslar M.lar deb ataladi. Islom ulamolari Ittifoqiga ko’ra, Muhammad (as)ning ko’p sahobalari ham M. bo’lganlar. Chunki keyingi avlodlar ulardan Islomning avvalidagi fikdiy ilmlarni olganlar. 8-a.ning 2-yarmidan boshlab mazxab asoschilari va ularning usullarini ishlab chiqqan izdoshlari M. deb atala boshlangan. M.lar 3 darajaga ajratilgan: 1. Shariat darajasidagi M. (mujtahid Fish-shar); u amaliyotda qo’llagan manbalarini o’zi aniqlagan, o’zi sharhlagan. U hech kimning e’tirozi- ni qabul qilmasligi mumkin bo’lgan. 2. Mazhab darajasidagi M. (mujtahid Fi- lmazhab); u har qanday masalani faqat o’z mazhabi asoschisi manbalariga suyangan holda hal etgan. 3. Ayrim masalalar- ni echish darajasidagi M. (mujtahid Fi-ttarjix); u o’zidan avvalgi M.lar hal etmagan masalalarni tadqiq etish huquqiga ega bo’lgan. Agarda ko’rilayotgan masala bo’yicha hukmlar bir necha bo’lsa, u o’zining ilmiy salohiyatiga ko’ra ular- dan birini quvvatlashi mumkin bo’lgan. M. darajasiga da’vogar faqih fiqxiy bilimlarni mukammal egallagan, boshqa M.lar b-n bo’ladigan munozaralarda va ommaviy chiqishlarda o’z qarashlarini himoya qilishi lozim bo’lgan. Undan tashqari, M. Arab tilini mukammal egallagan, Qur’on va uning tafsilot- larini yod olgan, kamida 3 ming xadis- ni sharhlari b-n bilishi shart bo’lgan. M. odob-axloqi, turmush tarzi namu- nali bo’lishi lozim. Hatto Islomning dastlabki davrlarida ham faqihlar ijtihodning birinchi va ikkinchi dara- jasiga kamdankam hollarda erishganlar. Ko’pincha ular vafotidan so’ng shu dara- jada e’tirof etilganlar. 11 -a.dan bosh- lab «ijtihod eshiklari yopilgach» diniy va huquqiy masalalar bo’yicha mustaqil fikr yuritish mumkin bo’lmay qoldi. Sunniylikda oliy darajadagi M.lar deb mazhablar asoschilari e’tirof eti- ladi. Hoz. vaqtda ayrim muftiylar, Yi- rik jamoa (qavm)lar rahbarlari, diniy un-tlar rektorlari va b. ba’zan uchinchi darajadagi M. deb e’tirof qilinadi.