Mulchalash

Mulchalash (ing. mulch — qoplash) — tuproq betini kalin mulchaqog’oz yoki havol (poxol, torf, chirindi, go’ng va b.) materiallar b-n yoppasiga yoki qator oralatib yopish. M. o’simlikning o’sishi sharoitiga ijo- biy ta’sir etadi; er betidan namning bug’lanishini kamaytiradi, sutka davo- mida haroratning o’zgarish amplitudasi muqobil bo’lishini ta’minlaydi, er be- tini suv yuvib ketishi va shamol uchirib ketishidan himoya qiladi, tuproq struk- turasini saklash va yaxshilash imkonini beradi, tuprokda kechadigan biokimyoviy foydali jarayonlarni kuchaytiradi; na- tijada o’simlikning ozikdanishi yaxshi- lanadi, er betini qatqaloq bosishdan saqlaydi. O’rta Osiyoning sug’oriladigan en- gil mexanik tarkibli va qumoq tu- proklari sharoitida ekinlarni etish- tirishda, tuproqning ustki qismini mustahkamlovchi va uni yuvilishi hamda shamol ko’tarib ketishidan saklovchi oraliq ekinlar ang’izi mulcha vazifasi- ni bajaradi. M. kuchli shamol eroziyasi kuzatiladigan erlarda cheklangan may- donlarda qo’llanadi. 20-a.ning 90-y.lar oxirida O’zbekistonda chigitni Andi- jon texnologiyasi asosida plyonka ostiga ekishda M.ning yangi usuli katta maydon- larda amalga oshirilmok,da. Bunda chigit ekish b-n bir vaktda pushta ustiga seyalka- ga o’rnatilgan maxsus moslama yordamida plyonka to’shalib, har bir uyaga 3-4 tadan chigit ekiladi, uya ustidagi plyonka teshib ketiladi. G’o’za qiyg’os shonalangandan keyin plyonka yig’ishtirib olinadi. Ziyomiddin Artukmetov.