MULTIPLIKATOR

MULTIPLIKATOR — 1. Ko’paytiruvchi; iqtisodiyot ta’limotlarida ma’lum bog’lanishlarni o’rganishda, multiplikatsiya effekti bor joylarda qo’llaniladi. Masalan, Keyns ta’limoti bo’yicha qo’yilgan investitsiya va daromadlar o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi koeffitsiyent. 2. Akselerator mexanizmi — multiplikator va akseleratorning o’zaro harakati va birgalikda yalpi milliy mahsulot (YaMM) dinamikasiga tasiri. Investitsiyalarning o’sishi YaMM dinamikasiga multiplikativ ta’sir ko’rsatadi. Akseleratsiya qoidasining tasiri natijasida YaMM o’sishi investitsiyalarning tebranishini yuzaga keltiradi.