Munshaot

Munshaot (Arab.—insho etilgan- lar, ya’ni yozilganlar, bitilganlar) — Sharq she’riyatidagi janrlardan biri, muallifning nazmda yoki nasrda yozilgan maktublar to’plami. Bunday to’plamlar bir yoki bir necha muallif kalamiga man- sub xatlar yig’indisidan iborat bo’lgan. Maktublar shunchaki bitilgan xatlar bo’lmay, badiiyatning o’ziga xos turi — insho san’ati sifatida yuzaga kelgan, chuqur mazmunga va go’zal badiiy ifodaga ega bo’lgan. Ba’zi maktublar yuksak san’- at b-n o’ta jimjimador yozilgan. Asosan Arab va fors tillarida yaratilgan. O’zbek adabiyoti tarixida M.ning shakllanishi va rivojlanishi Alisher Navoiy ijodi b-n bog’liq. Navoiy «Munshaot» asari- ning muqaddimasida forscha maktublar shakllangan yuksak uslubga ega ekanini, turkiy xalqlarda bu uslubda hali hech ish qilinmaganini va o’zi M.ga birinchi bo’lib ko’l urganini qayd qilgan. Navoiy- ning ushbu asaridagi MAK-tublarning AK- sariyati Sulton Husayn Boyqaro va uning farzandlari bo’lmish shahzodalarga yozilgan. Ularda Navoiy maktub ega- lariga davlatni idora etish, hukumat ishlarini bajarishga doir o’zining qimmatli maslahat va takliflarini bayon etadi, adolat va hushyorlikka chor- laydi. M. ba’zan «ruq’aot», «Maktubot» deb ham yuritilgan. M.larning talay- gina qo’lyozma nusxalari O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-tining qo’lyozmalar fondida saqlanadi. Ularning ba’zila- ri, mas, «munshaoti Mirzo Sodiq» (inv. № 302-1, 4423— II), «munshaoti Yusu- fiy» (inv № 5046—III) mualliflar- ning o’zlari tomonidan, ba’zilari esa kotiblar tomonidan tartibga keltirib ko’chirilgan.