Munshiy, munshi
Munshiy, munshi (Arab. — kotib, ijodkor) — O’rta Osiyo xonliklari dav- rida xonlar yoki ayrim hokimlarning shaxsiy kotibi, yozuvchizuv ishlarini olib borgan shaxs. M. lavozimiga, odat- da, ma’lumotli va husnixat kishilargina olingan. M.lar olim va Fozil kishilar bo’lganligi uchun oddiy kotib (q. A/irza) lardan farq qilgan. Ular zimmasiga xon va amirlarning maktub va farmonlarini yozish yuklatilgan. Tarixiy asarlarning aksariyati ana shu M.lar qalamiga man- sub. M. lavozimida bo’lgan kishilar M. so’zini taxallus sifatida o’z nomlariga ko’shib aytishgan (mas, Iskandar Mun- shiy, Mirza Muhammad Sodiq Munshiy va b.).