Muqaddas uchlik, troisa
Muqaddas uchlik, troisa — 1) xristianlikning asosiy aqidalaridan biri. Unga ko’ra, Xudo mohiyatan yagonadir, lekin u 3 qiyofada namoyon bo’ladi: ota-Xu- do, o’g’il-Xudo (Iso Masih), muqaddas ruh- Xudo. M.u. aqidasi 1- (325 y.) va 2- (381 y.) Jahon soborida rasmiylashtirildi. Ko’p sektalar rasionalistik mavqedan turib uni inkor etdilar; 2) xristian- likning asosiy bayramlaridan biri. Pasxadan keyin 50kuni nishonlanadi. Bu bayram shu kuni apostollarga «muqaddas ruh» tushishi sharafiga belgilangan.