Muqaddasiy

Muqaddasiy, Maqdisiy (to’liq ism-sharifi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Abubakr al-Muqaddasiy) (946/947, Quddus — taxm. 1000) — Arab geografi, sayyoh. Musulmon Sharq-ining deyarli barcha mamlakatlarida bo’lgan. M. o’zining shaxsiy kuzatishlari va o’zidan oldingi salaflarining asarlarini ijodiy o’rganishi natijasida o’zining «Ahsan attaqosim Fi ma’rifat al- aqolim» («iqlimlarni o’rganish uchun eng yaxshi qo’llanma») asarini yozgan. Asar- ning ikkita taxriri mavjud. Birinchi tahrir (986 y.) Somoniylarga, keyingi- si (989 y.) Fotimiylarga bag’ishlangan. Asar muqaddima va 2 qismdan iborat. 14 ta bobida Arab xalifaligiga kiruv- chi viloyat (yoki region)larning geogra- FIK holati, tabiiy sharoitlari, yirik shaharlari, me’moriy yodgorliklari, aholisi, xo’jaligi, karvon yo’llari, urf- odatlari, soliq va jarima turlari, har bir mamlakatning mashhur kishilariga- doir aniq ma’lumotlar berilgan. Asarning keyingi boblarida Ajam mamlakatlari (Xuroson, Seyiston, Movarounnahr) tavsiflangan. «Ahsan attaqosim» O’rta asr Sharq mamlakatla- ri, jumladan, O’rta Osiyo hamda Zakavka- Ze xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy hamda madaniy hayotiga oid aniq ma’lumotlar keltirilganligi b-n boshqa geografik asarlardan farq qiladi va shu mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy tarixini o’rganishda muhim manbadir. Asarning nemischa mat- ni 1877 y. de Gue tomonidan Leydenda nashr etilgan. 1906 va 1967 y.larda asar qayta nashr qilingan. Ad.: Krachkovskiy I.Yu., Izb. soch., t.4, M.—L., 1957; Drevnie i srednevekovie istochniki po etnografii i istorii na- rodov Afriki yujnee saxari: [t.2] — Arabskie istochniki X—XII vekov, M. —L., 1965; B. Ahmedov, O’zbekiston ta- rixi manbalari, T., 2001.