Muqallid
Muqallid (Arab. — taqlidchi) — o’zbek an’anaviy teatrining janri; shu janr ijrochisi. Mshaklidagi to- moshalarda qush va hayvonlarga taqlid qilingan, hayotdagi ba’zi kishilar xulq- atvori, qiziq voqealar kulgili tarz- da aks ettirilgan. M. 3 xil: hajviy M.lar («xum o’g’risi», «qimorbozlar», «Sudxo’r akam jon beradi»), parodiyalar («Uloqchilik», «kelin tushdi», «yog’och polvon», «novvoylik»), pantomima- lar («kiyik o’yin», «To’rg’ay», «bedana o’yin»). M. tomoshalarida nutqdan ko’ra ijrochi masxara-boz va qiziqchining sahnaviy harakati, holatlari, yuz va ko’z ifodalari muhimroq. M. janri juda qadim zamonlarda shakllangan. Navoiy davrida u yaxshi taraqqiy etgan. Xoja Dexdor, G’iyosiddin Muhammad, Abdul- la Devona kabi M.lar o’tgan. 19-a.ning 2-yarmi —20-a.ning boshida Zokir eshon, To’la mas-xara, Mizrob masxara, Odil dupiyoza, Rizo kuyuk kabilar M. janrida katta yutuklarga erishganlar. Sho’rolar davrida Xorazm masxarabozlari (Matchon Baqay, Bobosari, Hayitboy masxara-boz va b.) Shuxrat topdilar. 20-a.ning so’nggi va mustaqillik yillarida bu janr an’a- nalarini Mirzabek Xolmedov, Hojivoy Tojiboev, Obid Asomov va b. davom etti- rib kelmoqda. Muhsin Qodirov.