Muqanna

Muqanna (taxm. 719, Marv yaqinidagi Koza qishlog’i -783, Shahrisabz) — Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligiga qarshi ko’tarilgan ozodlik harakatining boshlig’i (8-a.ning 70-80-y.lari). Asl ismi Hoshim ibn Hakim bo’lib, Narsha- xiyning yozishicha, u ko’p o’qigan, g’o-yat ziyrak bo’lib, kimyogarlik, sehr va til- sim ilmlarini o’rgangan. Arab, fors til- larini yaxshi bilgan. Bir ko’zi ko’r, boshi kal va basharasi xunuk bo’lganligidan boshi va yuziga ko’k parda tutib yurgan. Shuning uchun ham «Muqanna», ya’ni «Niqobdor» laqabi b-n mashhur bo’lgan. Ya’qubiyning tasvirlashicha, M.ni Hoshim ul-A’var, ya’ni bir ko’zli Hoshim deb ham ataganlar. M. yoshlik chog’ida ku- dungarlik (matolarga ohor beruvchi) kasbi b-n shug’ullangan. Xuroson noibla- ridan Abu Muslim davrida sarhanglik (kichik lashkarboshi) va Abduljab-bor Azdiy davrida (757-759) esa vazirlik darajasiga ko’tarilgan. 759 y.da Xuro- son amiri Abduljabborning xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zin- donga tashlangan. Bir necha yildan so’ng zindondan qochgan. 769 y.da M. Marvga qaytib kelgan, shu yildan boshlab umri- ning oxirigacha Movaro-unnaqrda Arab xalifaligiga qarshi ko’tarilgan xalq harakatiga boshchilik qilgan (q. Muqanna qo’zg’oloni). U mazdakiylik ta’limotini targ’ib qilgan. Qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragach, o’zini olov yonib turgan tan- dir ichiga tashlab, halok bo’lgan. Hamid Olimjon M. jasoratiga bag’ishlangan «Muqanna» (1943) dramasini, Sadrid- din Ayniy «Muqanna isyoni» (1944) ta- rixiy-adabiy ocherkini yozgan.