MUQANNA QO’ZG’OLONI

MUQANNA QO’ZG’OLONI — Movaro-unnahrda Arab xalifaligiga qarshi ko’tarilgan xalq ozodlik xara- kati (8-a.ning 70-80-y.lari), Musan- na rahbarlik qilgan. Qo’zg’olonchilar oq kiyim kiyganlari uchun «oq kiy- imliklar qo’zg’oloni» nomi b-n ham mashqur. Qo’zg’olonda dehqonlar, qishloq hunarmandlari va mahalliy boylar- ning bir qismi qatnashgan. Muqanna Mazdakta’limotining davomchisi sifa- tida ijtimoiy tenglikni keng targ’ib qilganligi ta’sirida qo’zg’olonchilar iqtisodiy tengsizlik va o’lkada arablar qukmronligiga qarshi kurash boshla- ganlar. Muqanna o’ziga qarorgoh qilib Som tog’idagi qal’ani (Shaqrisabz sh. yaqinida) tanladi. Samarqand, Buxoro, Kesh, Narshax sh.lari qo’zg’olon markaziga aylangan. Xalifa Mansur 775 y.da ja- broil ibn Yahyoni Ozarbayjondan katta harbiy kuch b-n Movarounnaxrga. yubor- gan, ammo Jabroil qo’zg’olonchilardan engilgan. 10 ming askar b-n Jabroilga yordamga yuborilgan Uqaba ibn Salim bi- rinchi marta Kesh va Samarqandda G’aricha boshliq, ikkinchi marta 14 ming askar b-n Termiz yaqinida Sarxama va Kayyoki G’uziy boshliq qo’zg’olonchilar tomonidan tormor keltirildi. Natijada Naxshab va Chag’oniyon viloyatlari qo’zg’olonchilar qo’ligao’tdi. Qo’zg’olon 776 y.dan Buxoro vohasida kuchayib ketdi. Narshax qal’asi qo’zg’olonchilarning qo’rg’oniga aylanti- rilgan. Bunda «oq kiyimliklar»ning katta qismi to’plangan. Shu yili nar- shax qal’asi yaqinida «oq kiyimliklar» b-n arablardan Buxoro amiri Husayn ibn Maoz va Samarqand noibi Jabro- ilning Birlashgan qo’shinlari o’rtasida 4 oy mobaynida jang bo’ldi. Jangda «OK, kiyimliklar»ning qo’li baland keldi, ammo son jixatdan ko’p bo’lgan Arab qo’shinlari Narshax qal’asi devoir ostidan uzunasiga 50 gazlm la-him kav- lab, uni qulatgach, qal’aga bostirib kir- ganlar. Qal’a ichida davom etgan shiddat- li janglarda qo’zg’olonchilar engilgan, qo’zg’olon boshliqlaridan Hakim ibn Ahmad va Hashviylar o’ldirilgan. Nar- shaxdagi qo’zg’olon bostirilgach, arablar asosiy kuchni M.q.ning markazi bo’lgan Samarqand va Keshga tashladilar. Xali- FA Mahdiy 777 y.da M.q.ga zarba berish uchun Nisho-purga keldi. Xuroson Noi- bi Maoz va Hirot amiri Sayd Xarashiy boshliq katta qo’shin Samarqandga yubo- rildi. Qo’zg’olonchilar b-n bo’lgan jangda Arab qo’shinlari mag’lubiyatga uchradi. Na- tijada Maoz Xuroson noibligidan is- te’foga chikdi. 2 yillik to’qnashuvlardan so’ng Samarqand taslim bo’ldi. So’ngra arablarning Birlashgan qo’shinlari Muqannaga qarshi tashlandi. Narshax va Samarqandda «oq kiyimlilar» engil- gach, mahalliy boylar sotqinlik qilib, arablarga yordam bera boshladilar. Ular arablar b-n birga MuqannaningSom tog’idagi istehkomini qamal qilishda qatnashdilar. Uzoq davom etgan qamaldan so’ng tinkasi qurigan muqannachilar taslim bo’ldilar. Muqannaning ukase Qabzam 3000, som qo’rg’oni mudofaasiga qo’mondonlik qilayotgan Sarxama 3300 kishilik qo’shini b-n Sayd Xarashiyga taslim bo’ldilar. Ammo, arablarga tas- lim bo’lishni istamagan Muqanna o’zini yonib turgan tandirga tashlab halok bo’ldi. Ad.: Narshaxiy, Buxoro tarixi, T., 1991; O’zbekiston tarixi, T., 1997; Kari- mov Sh., Shamsutdinov R., Vatan tarixi, T., 1997. Nuriddin Musaev.