Muqimiy
Muqimiy — Farg’ona viloyatishn shaharcha (1989 y.dan). Qo’qon shahar ken- gashiga qarashli. Aholisi 7,4 ming kishi (2003), asosan, o’zbeklar, shuningdek, rus, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Yaqin t.y. stantsiyasi — Qo’qon. M.dan viloyatmarkazi (Farg’ona)gacha 100 km. M. Yangi Qo’qon kimyo z-dining qurilishi munosabati b-n 1982 y.da Qo’qon sh.dan janubroqda yo’ldosh shaharcha sifatida vujudga kelgan. M.ning asosiy sanoat korxonasi — spirt z-Di (ekologik sabablarga ko’ra faoliyati to’xtatilgan mineral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi kimyo z-Di spirt i.ch.ga ixtisoslashtirilgan). Shaharchada umu- miy ta’lim, musiqa maktablari, kutub- xona, poliklinika, savdo, maishiy va madaniy shoxobchalar mavjud. M. xudu- didan Farg’ona — Yaypan, Sariqo’rg’on — So’h yo’llari b-n tutashgan Qo’qon — Sariqo’rg’on avtomagistrali o’tgan.