Muqimov Komil Muqimovich

Muqimov Komil Muqimovich (1940.14.2, Buxoro viloyati, G’ijduvon tumani) — fizik olim, O’zbekiston FA akad. (2000), fizikamat, fanlari D-ri (1988), prof. (1989). O’rta Osiyo unt-ida (1957-61) o’qigan va Moskva unt-ini tu- gatgan (1964). Toshkent untining fizika kafedrasida o’qituvchi, dosent (1967-75), optika kafedrasi mudiri (1975-92), fizika f-ti dekani (1990-92). 1992 y.dan Buxoro unti rektori. Ilmiy ishlari mag- nitooptika, ferro-, ferrimagnitik Di- elektriklarda magnitooptik hodisalar va b.ga oid. Uning izlanishlari tufay- li magnit hodisalar fizikasi sohasida yangi — «kuchli magnit maydonida Nodir elementlar magnitooptikasi» ilmiy yo’nalishi yaratildi. As: magnitooptika v prozrachnix redkozemelnix dielektrikax, T., 1999.