Muqobil sarvaraq
Muqobil sarvaraq, kontrtitul — kitob sahifasining chap tomonida joylashgan qo’shimcha sarvaraq. M.s, odat- da, ko’p jildli nashrlar, turkum yoki Yi-rik asarlar va sh.k.da beriladi. Unda bu- tun nashrga tegi shli ma’lumotlar, agar tarjima kitob bo’lsa, tarjima qilingan til (original)dagi ma’lumotlar (kitob nomi, muallifi, taxrir hay’ati a’zolari va b.) yoziladi. Mas, ko’p jildli ushbu O’zbekiston milliy entsiklopediyasi M.s.ida nashrning Bosh taxrir hay’ati a’zolari ro’yxati berilgan.