Muqonov Sobit Muqonovich
Muqonov Sobit Muqonovich (1900.13.4, hoz. Shimoliy Qozog’iston VI- loyati Jambul tumani — 1973.18.4, olma- ota) — qozoq yozuvchisi va jamoat arbobi. Qozog’iston Faakad. (1954). Fuqarolar urushi qatnashchisi (1918— 20). 1930-35 y.larda Moskvadagi Kizil professura in-tidao’qigan. Qozog’iston Yozuvchilar uyushmasi raisi (1936-37; 1943-1952). «Boy o’g’li» (1928), «sof sevgi» (1931), «Temirtas» (1935), «Bo’tako’z» (1938) ro- manlarida qozoq xalqining bosib o’tgan tarixiy yo’li aks etgan. «Bo’tako’z» ro- mani asosida pesa va kinossenariylar yaratilgan. «Mening maktabim» (1939— 53) avtobiografii: qissasida yozuvchi- ning bolaligi tasvirlangan. «Sirdaryo» roman i (1947-48) 2-jahon urushi- ga bag’ishlangan. «Mening maktabim» qissasi asosida «hayot maktabi» trilo- giyasini yaratgan (1949-53). M. «Cho’qon Valixonov» (1954), «Saken Sayfullin» (1970) dramalari, «bo’z to’lqinlari» (1956) romani, «zamondoshlar haqida afsona» qissasi (1962) va b. asarlar muallifi. U 3 kitobdan iborat «oqqan yulduz» asarini (1967— 70) yozgan. Oy- bek, Hamid Olimjon, AB-dulla Qaxdor, Zulfiya asarlaridan na-munalarni qozoq tiliga tarjima qilgan. Asarlari o’zbek tilida chop etilgan. Abay nomidagi Qozog’iston Davlat mukofoti laureate (1967). Ac: hayot maktabi, T., 1954; cho’pon bola, T., 1961; Bo’tako’z, T., 1962; Cho’loq polvon. Hikoyalar, qissalar, T., 1970. Mug’ (fors.) — zardushtiylikka e’tiqod qilgan kishining musulmon- larda atalishi. Mumtoz she’riyatda «M.» so’zi mayxona egasi, soqiy ma’nolarida ishlatilgan.