Muqova

Muqova — kitob, albom, jurnal, daftar va sh.k.ni yaxlit qilib birik- tirib turuvchi ustki qismi. M.da nash- rning nomi, mualliflari yoziladi, turli bezaklar ishlanadi. M. kitob blokini Kay darajada ushlab turishiga karab, old va orka, tub (korishok) tomonlarga ajraladi. M. ning juzlangan varaklar sarbandiga biriktirilgan qismi M. sarbandi deyiladi. M. tomonlari kar- ton va b. xom ash-yolardan tayyorlanib, sirtiga charm, qog’oz, mato va b. siriladi; ichiga qog’oz yopishtirilib kitob bloki- ga birlashtiriladi. M.lar yupqa, qattiq (qalin), yumshoq bo’lishi mumkin. Yupqa M. qog’ozdan iborat bo’lib, uni tayyor- lash nisbatan oson va arzon bo’lganligi uchun, odatda ommaviy kitoblar, risola, jur.larda foydalaniladi. Qalin M. mustahkam bo’lib (1-9 raqamli tur- larga ega), kitob va nashrlarni yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Bulardan 5 — va 7raqamli M.lar keng ishlatiladi. 5raqamli M.da tomonlari (karton)ga qog’oz sirilib, M. sarbandida alohida material (mato) b-n ulanadi; darsliklar, siyosiy, ilmiy, adabiy asarlarda ko’p qo’llanadi. 7raqamli M.da tomonlariga sirilgan material (charm, liderin va b.) M. sarbandi b-n yaxlit tutashib ketadi; entsiklopediyalar, yirik ilmiy va badi- iy asarlar nashrida qo’llanadi. Yumshoq M.da karton o’rniga qalin bukiluvchan qog’oz ishlatiladi. M. yaxshi saqlanishi uchun jild (superoblojka) kiygiziladi. O’zbekiston hududida qadimdan qo’lyozma kitoblar tayyorlash rivojlan- gan. Bu qo’lyozma kitoblar M.si, asosan charm, shuningdek, qog’oz, matodan tay- yorlangan. M.ga yozuvlar bitilmagan. M. markaziga vertikal chiziq bo’ylab yirik va mayda turunj (medalon)lar joylash- gan, atrofi nafis islimiy naqshlar b-n hoshiyalangan. Kitob M.larini shu usul- da bezash 20-a.gacha davom etgan (yana q. Muqovasozlik).