Murabbo

Murabbo — ho’l meva, rezavor- lar hamda shakardan tayyorlanadigan shirinlik. Ishlatiladigan meva tur- lariga qarab behi M., anjir M., nok M., olma M., uzum M., olxo’ri M., olcha M., qulupnay M., qovun M., sabzi M. va b. turlari bor. Behi M. — behi 4 ga bo’linib, urug’i olib tashlanadi, so’ngra eni 0,5 sm keladigan tilimchalar kesila- Di va krzoniga solib ustidan ko’mib tu- radigan qilib suv quyiladi, bir qaynab chiqqach, chovli b-n suzib olinadi, sharba- ti suzgichdan o’tkaziladi. Qozonga shaker solib ustidan behi sharbati quyiladi (1,2 kg shakarga 0,5 l sharbat) va kiyom kaynatiladi. Qaynab turgan qiyomga Su- zib olingan behi solinadi. M. 5-6 min. qaynagach, olovi pasaytiriladi va qiyom qizil tusga kirguniga kadar pishirish davom ettiriladi. 1kg behiga 1,2 kg sha- kar kerak. Olxo’ri M . — yaxshi pishgan olxo’rining bandlarini olib tashlab, issiq suvga 5-6 min. solib qo’yiladi. So’ngra olxo’rining bir necha eri teshi- ladi (ba’zan pichok, bilan o’rtasidan tilinadi). Qiyom alohida tayyorlanadi. Issiq qiyomni olxo’ri ustidan quyib, 15-20 soat olib qo’yiladi. Uchinchi Mar- ta qiyom meva b-n birga qaynatiladi. 1 kg olxo’riga 1,2 kg shakar, 0,5 l suv, tayyor M.ga qo’shish uchun 10-15 tomchi olxo’ri essentsiyasi kerak. M. pishirish uchun qiyomning sifati katta ahamiyatga ega. M. batamom pishgan bo’lsa, meva idish yuzasida qalqimasdan qiyom ichida bir tekis tarqaladi, qiyom esa tiniq tusga kiradi, sifatli qiyom tomchisi sovuq suvga tomizib ko’rilganda darrov erib ketmaydi. M. ta’mi va ran- gini yaxshilash uchun mevalar essentsiyasi, limon kislotasi, vanilin, za’faron va b. solinadi. Ad.: M ahmudov. K., O’zbek tansik, ta- omlari, T., 1989.