Murji’iylar

Murji’iylar (Arab. — kechiktirmoq, muddatni cho’zmoq) — is- lomdagi ilohiyot oqimlaridan biri. 7-8-a.larda paydo bo’lgan. Xalifalikda umaviylar hokimiyatiga qarshi kurash kuchaygan davrlarda ilohiyotda gunohkor va uning taqtsiri masalasi muhim o’rin olgan. Xorijiylar katta gunoh qilganni darhol jazolash tarafdori bo’lsalar, M. jazolashni kechiktirishni yoqlab chiqqanlar. Ularning nomi shundan olingan. M. bu dunyoda inson holatini muhokama qilishni «kechiktirish», ya’ni insonning xatti-harakatini, uning im- konini yolg’iz Allohning o’zigina bila- Di va inson ustidan hukm qilish uning o’zigagina xos deb hisoblaganlar.