Muruntov tog’lari
Muruntov tog’lari — Tomditov tarkibidagi tog’lar. Markaziy Qizil- qum (Navoiy viloyati)da joylashgan. Jan.-sharqsan shim.-g’arbga yo’nalgan. Uz. o’rtacha 26 km. Eng baland joyi 816 m. Jan.-g’arbiy yon bag’ri tikroq. M.t. yon bag’irlarida quruq soy o’zani ko’p. Su-vayirg’ich qismida keskin ifoda-langan qoyatoshli tik yon bag’ir mavjud. Quyi silur, (besapan svitasi), quyi devon (Jengeldi svitasi), o’rta devon (Janubiy bozdon svitasi), yuqori kar- bon (belquduq svitasi) davrlarining yotqiziqlari qatmaqat joylashgan. O’rta karbon davrida tog’hosil bo’lish jara- yonida dengiz chekinib quruklik paydo bo’lgan, yotqiziklar burmalanib tog’tiz- masi vujudga kelgan. Murakkab tog’hosil bo’lishi va vulkanik harakatlar natija- sida foydali qazilmalar shakllangan. M.t.da Muruntov oltin koni va uran kon- lari bor. M.t. etaklaridagi bo’z-qo’ng’ir tuproqlarda efemerlar, shuvoq, keyreuq, boyalich, burgan tarkalgan. Ulardan yay- lov sifatida foydalaniladi. Yaylovlar mahsuldorligi gektariga 1-3,5 ts.