Mustabidlik, despotiya
Mustabidlik, despotiya — yakka shaxs hukmronligiga asoslangan siyosiy tuzum shakli. Mustabid hokimiyati, odat- da, zo’ravonlik, bosib olish, ba’zan esa, qonuniy hokimiyatni ag’darib tashlash na- tijasida o’rnatiladi. M. mil. AV. 7-6-a. larda Yunoniston shaxardavlatlari (po- lislar)da mavjud bo’lgan (mas, Afinada mustabid Pisistrat). Bunday davlatda huquqiy, axloqiy asoslar bo’lmaydi, qonunlar ishlamaydi, ularning o’zi juda kam bo’ladi. U zo’ravonlik, ba’zan esa terror va genosid asosiga quriladi. Mustabid hokimiyat shafqatsizdir. M. tuzumida har bir odam uning zarbiga uchraydi. O’rta asr shim. va O’rta ita- liya shahardavlatlaridagi siyosiy tuzum shakli ham M.ning namunasi edi. Bunda fuqarolik va harbiy hukumat to’laligicha yagona hukmdor — sinor qo’lida jamlan- gan. M. rejimi insoniyattaraqqiyotining dastlabki bosqichlariga xos bo’lsada, ay- Rim hoz. zamon davlatla- . rida xam uning o’ziga xos jihatlarini ko’rish mumkin.