Mutagenlar
Mutagenlar (mutasiya va … genez) — fizik va kimyoviy omillarning tirik organizmlarga ta’sir etib, ularda muta- tsiyalar paydo qiladigan omillar. Fizik M. ichida ionlovchi nurlar muhim o’rin tutadi. Ular, o’z navbatida, elektromag- nitli (to’lqinli) va korpuskulyar omil- larga bo’linadi. Birinchi guruhga rent- gen, gamma va kosmik nurlar kiradi. Ik- kinchi guruhga beta zarrachalar (electron va pozitronlar), protonlar, neytronlar, alfa zarrachalar, yuqori va past harorat kiradi. Ionlovchi nurlarning barchatur- lari mutagenlik xossalariga ega, ammo sun’iy mutasiyalarni olishda, asosan, rentgen va gamma nurlari qo’llanadi. Kimyoviy mutagenlarga ko’pchilik alkil- lovchi birikmalar (Di-metilsulfat, dietilsulfat, etilenimin, N nitrozo- alkilmochevina, nitrozometilmochevina, nitrozoetilmochevina, etilmetan sul- fonat, Di-etilnitrozomochevina va b.), nuklein kislotalar azotli asoslarining analoglari, alkaloidlar va b. kiradi. M. orasida kantserogen va teratogen xossa- larga ega bo’lganlari ham uchraydi. Shu sababli ko’pchilik mamlakatlarda barcha yangi kimyoviy birikmalarning mutagen- lik xususiyatini tekshirish uchun maxsus in-t va lab. tashkil etilgan.