Mutanabbiy

Mutanabbiy, (taxallusi; asl ism-sharifi Abu Tayyib Ahmad ibn al- Husayn al-Mutanabbiy) (915, Kufa — 965, raxt) — Arab shoiri. Arab mumtoz adabiyotining yirik namoyandalaridan va Arab she’riyatida falsafiy lirika asos-chilaridan biri. 12 yoshidan kasida, g’azal va hajviy she’rlar ustasi sifatida Shuhrat qozongan. Suriya, Misr va Iroq amirlari huzurida saroy shoiri bo’lgan. Hajviy she’rlari uchun dushmanlari to- monidan o’ldirilgan. M. asarlari (100 dan ortiqqasida va 200 ga yaqin she’riy parchalar) tilining boyligi, mazmun- dorligi va badiiy etukligi b-n ajralib turadi. Ularda isyonkorlik, vatanparvar- lik, erksevarlik ruhi juda kuchli bo’lib, Arab va fors she’riyati taraqqiyotiga kat- ta ta’sir ko’rsatgan.