MUTAXASSISLAR

MUTAXASSISLAR — ixtisoslashtirilgan xodimlar bo’lib, ular mavjud bo’lgan axborotlar asosida ishlab chiqarish va boshqaruv xarakteridagi masalalarni hal qilish variantlarini ishlab chiqadilar. Boshqaruv mutaxassislari boshqaruv funksiyalari va ularning kasbiy tayyorgarligi bilan xarakterlanadi. Bosh mutaxassislar, yetakchi mutaxassislar, turli kategoriya darajadagi mutaxassislar farqlanadi. Mutaxassislar guruhiga injenerlar, iqtisodchilar, buxgalterlar, huquqshunoslar, psixologlar va boshqalar kiradi.