MUTLAQLIK VA NISBIYLIK

MUTLAQLIK VA NISBIYLIK — falsafiy tushunchalar. Mutla- klik mutlaq tushunchasiga tegishlidir. Nisbiylik mutlaqlikning aksi. Barcha narsa va hodisalar, ular haqidagi bi- limlar vaqtga, shart-sharoitga bog’liq, vaqt o’tishi, shart-sharoitlar o’zgarishi b-n narsa va hodisalar, ular haqidagi bilimlar ham o’zgaradi. Nisbiylik har qanday bilimning vaqtga, shart- sharoitga bog’liqligini, u qotib qolgan, o’zgarmas emasligini anglatadi. Ammo nisbiylikni mutlaqlashtirish mumkin emas. U relyativizmta olib boradi. M. va n. ob’ektiv jarayonning bir-biriga bog’liq bo’lgan ikki tomoni bo’lib, ular- ni qarama-qarshi qo’yish ham mumkin emas.