Mutrib Xonaxarobiy

Mutrib Xonaxarobiy (taxal- Lusi; asl ismi Muhammad Hasan Hoji Tabib o’g’li), (1865-Xiva-1925) -shoir. Xivadagi Muhommad Aminxon madra- sasiyaa tahsil olgan. Maqomchibastakor sifatida ham mashhur bo’lgan (Mutrib— sozanda, taxallusi shundan). M.X.ning serqirra iqtidorini yuqori baholagan Feruz uni saroyga jalb etib, devonbegi- lik vazifasiga tayinlagan. Bu yillarda M.X. yozgan g’azal va muxammaslar ko’plab bayozmajmualardan o’rin olgan, jumla- dan, Tabibiy tuzgan ikkala tazkirada shoir asarlaridan ko’plab namunalar uchraydi. M.X. 20-a.ning 20-y.larida sa- Roy tugatilgach, Xorazmda paydo bo’lgan mahalliy mat-buotda faol ishtirok etadi, «Xorazm xabarlari», «inqilob quyoshi» gaz.larida adabiy xodim lavo- zimida xizmat qiladi. Ilk she’rlarini 1890 y.da yoza boshlagan. Uning bayoz, de- von va majmu-alar orqali 14 ming mis- raga yaqin g’azal, muxammas, musaddas, qasidalardan iborat adabiy merosi etib kelgan. M.X. qoldirgan ijodiy meros aso- sini ishq-muhabbat mavzuida bitilgan g’azal, murabba, masnaviy, muxammas, musaddas va ruboiylar tashkil eta- Di. Uning xon va shoir Feruz sha’ni- ga bag’ishlangan qasidalari ham mav- jud. M.X.ning ilmma’rifatga da’vat, Hurriyat mavzularida yozilgan she’rlari mahalliy matbuot sahifalarida, shu- ningdek, Xivada 1924 y.da nashr etil- gan «Yug’urmiya» to’plamida chop etilgan. Bu turkum she’rlarida («ko’rung emdi xaloyiqqa…», «Bilinglar, ey xaloyiq», «Ko’ngluma bir turfa so’z keldi ravon» va b.) targ’ibiytashviqiy ruh, xitob, da’vat ohanglari hukmronlik qiladi. M.X. merosining asosiy qismi 1909 y.da Muhammad Sharif ibn Muhammad Yoqub — Harrot tartib bergan devon (300 sahifa)da jamlangan. O’zbekiston FA Sharqshunoslik in-ti fondida 2 kichik devoni (inv. №903, 906) saqlanadi. Laf- fasiynint Feruz davridagi xorazmlik ijodkorlarga bag’ishlangan tazkirasida M.X.ning «Shoh Komron» she’riy asari borligi xaqida ma’lumot berilgan. Abdurashid Abdug’afurov.