Muxayyar
Muxayyar (Arab. — tanlab oluv- chi) — o’rta asr o’n ikki maqom tarki- bidagi sho’balardan biri. Shashmaqom majmu-idagi Iroq maqomining ashula bulimida M.i Iroq nomli Nasr yo’lida yaratilgan sho»ba mavjud. Uning kuy mav- zui bir oz o’zgartirilgan holda ko’plab maqrm sho»balari avjlarida Muxayyari Chorgoh namudi sifatida keng qo’llanadi. M. i Iroq kuyi ilk bor Safiuddin al- Urmaviy tomonidan yozib olinib, Fran- suz olimi D’Erlanje, keyinchalik uni o’zbek maqomshunosi I. Rajabovlar zamo- naviy nota yozuviga ko’chirishgan. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasi- ga doyr, T., 1963.