Muxbir
Muxbir (Arab. — xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi (jamoatchi Muxbir).