Myurdal (Myrdal) Gunnar

Myurdal (Myrdal) Gunnar (1898.6.12, Gustafs, -1987.17.5, Stok- golm) — shved iqtisodchisi, siyosatchi va xalqaro arbob. Jahon iqtisodiyoti tadqiqoti in-tining asoschisi va direk- tori, BMT ning Evropa uchun iqtisodiy komissiyasi Bosh kotibi (1947— 57). Stokgolm untida xalqaro iqtisodiy munosabatlar prof. (1961 y.dan). Iqtisodiy taxdilga kutiladigan va amaldagi o’zgaruvchanliklar atamalari- ni kiritdi hamda ularning iqtisodiy muvozanatning vujudga kelishiga ta’- sirini ko’rsatdi. «Amerika dilemmasi: negrlar muammosi va zamonaviy demo- kratiya» (1944), «urushdan keyingi op- timizmga karshi ogohlantirish» (1944), «Iqtisodiy nazariya va past rivojlan- gan mintaqalar» (1956), «Osiyo dramasi: xalqlar qashshokligining tadqiqoti» (1968), «oqimga qarshi: iqtisodiyot bo’yicha tanqidiy ocherklar» (1973) asar- larida murakkab matematik-iqtisodiy nazariyalarning yaratilishini tanqid qildi, iqtisodiy muvozanatlar muammo- larini, past rivojlangan mamlakatlar- ga iqtisodiy yordam ko’rsatishning shu mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarini tadqiq etdi. M. pul nazariyasi, iqtisodiy tebranishlar, iqtisodiy, ijtimo- iy va in-stitusional hodisalarning o’zaro aloqadorliklarini taxliliga bag’ishlangan asarlar yozgan. Nobel mu- kofoti laureata (1974; F. Xayek b-n bir- galikda). As: Mirovaya ekonomika. Problemi i perspektivi. Per. s angl. M., 1958; so- vremennie problemi «tretego mira». M., 1972.