Nag’ma, nag’am
Nag’ma, nag’am (Arabcha — kuy) — 1) Sharq musiqa ilmida musiqa tovushi; ton. Muayyan balandlikda sadolanib turishi bilan tabiatdagi boshqa tovushlardan farq qiladi. Sharqolimlari Nag’ma ni 2 xil turga bo’lishgan: qavliy (inson tomog’idan chiqadigan) Nag’ma va fe’liy (musiqa cholg’ularidan hosil qilinadigan) Nag’ma kuy, qo’shiq va ashulalar ritm bilan Nag’malar uyushmasidan tarkib topadi. Nag’malar qo’shilishidan bo»d, jins, jam, maqom pardalari va, nihoyat, yaxlit kuy — musiqa asarlari hosil etiladi. O’rta asr musiqa risolalarida yozilishicha, tovushlar bir-biri bilan maqsadga muvofiq ravishda ma’lum vaqt oralig’ida ko’shilgandagina Nag’ma deb hisoblanadi. O’tmishda Nag’malar yunoncha va Arabcha iboralar bilan ifodalangan. Arabcha atamalari asomiy nag’amot («Asmo’unnag’am») deyilgan; 2) ohang, kuy. Nag’ma so’ziga ayrim qo’shimcha so’zlar bog’lanib, turli musiqa iboralari hosil etiladi. Masalan, Nag’ma boshi — Doston va boshqa ko’p qismli asarlarning cholg’u muqadsimasi, o’tmishda saroy musiqachilarining boshlig’i; Nag’magar, Nag’mazan, Nag’machi yoki Nag’ma Navoz — sozanda; Nag’mai orazi Navo Shashmaqom Navo maqomining cholg’u qismlaridan biri; Nag’ma kor yoki Nag’ma soz — bastakor; Nag’ma pardoz yoki Nag’ma capo — sozanda, xonanda. Xorazmda garmon cholg’usi Nag’ma deb ham ataladi.