Namangan zilzilasi
Namangan zilzilasi — Namanganda ro’y bergan zilzila. 1927 yil 12 avgustda sodir bo’lgan. Zilzila magnitudasi Rixter shkalasi bo’yicha M-6, zilzila kuchi 12 ballik MSK-64 shkalasi bo’yicha 8 ball bo’lgan. Namangan zilzilasi giposentri 14 kilometr chuqurlikda, episentri esa Farg’ona shimolidagi fleksura-yorilmasida joylashgan. Zilzila vaqtida ko’pgina uylar shikastlangan. O’sha yili 19 avgustda zilzilaning eng kuchli aftershoki 7 ball kuch bilan takrorlandi. Uning magnitudasi M-5,7, chuqurligi N-20 kilometr. Yana bir necha oy davomida zilzilaning ko’plab aftershoklari ro’y berdi.