NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTLAR
NATURA SHAKLIDAGI IJTIMOIY TRANSFERTLAR — umumdavlat boshqaruvi birliklari (ijtimoiy ta’minot jamg’armalari ham qo’shiladi) va notijorat tashkilotlar natura shaklidagi transfertlar sifatida yolg’iz uy xo’jaliklariga individual tovar va xizmat shaklida yetkazib beradigan transfertlar. Natura shaklidagi bu transfertlar bozorda sotib olingan yoki bozorga mo’ljallanmagan mahsulot sifatida umumdavlat boshqaruv birliklari yoki notijorat tashkilotlarda ishlab chiqarilgan bo’lishi ham mumkin.