Navkar, Nukar

Navkar, Nukar (mo’g’ulcha noxor-do’st, o’rtoq)-1) mo’g’ulcha noxor-do’st, o’rtoq)-1) mo’g’ul xonlari, no’yon huzurida xizmat qiluvchi oliy tabaqali yigitlar. Navkarlar qurollangan erkin kishilar bo’lib, no’yonlarga o’z ixtiyorlari bilan xizmat qilishgan va ularning qaramog’ida bo’lishgn. Urush paytida Navkar, avvalambor, jangchi, tinchlik paytida esa qo’riqchi va “uy kishisi”, xonadonga yaqin kishi bo’lgan. O’z iste’dodini namoyish etgan ko’pgina Navkarlar keyinchalik turli harbiy bo’linma va qismlarga qo’mondon bo’lganlar; 2) Amir Temur va temuriylar davrida Navkar atamasi “xizmatkor”, “askar”, “qo’shin” ma’nolarida qo’llanilgan; 3) Usmonli turk imperiyasida XIV-XVII asrlarda Navkar “tansoqchi, xizmatkor”; 4) Safaviylar davlatida Navkar harbiy-ma’muriy mansabdorga tobe harbiy xizmatchi, askar; 5) Xiva xonligida Navkar “lashkar”ni anglatgan; 6) Buxoro xonligida Navkar “lashkar”ni anglatgan; 6) Buxoro xonligida Navkar xizmati uchun davlat tomonidan belgilangan maosh bilan ta’minlangan va majburiy harbiy xizmatni o’tagan. Harbiy harakatlardan bo’sh paytlarda Navkar soqchilik vazifasini bajargan.